Darsning boshlanishini tashkil etish uy vazifasini tekshirish, darsning maqsadi va vazifasini bayon qilish, yangi materiallarni tushuntirish, mustahkamlash, darsga yakun yasash va uyga vazifa berish» tuzilishidagi darsning tipini ko’rsating: Kombinatsion (aralash) dars
Eng qadimgi madaniy boyliklarning o‘rganishdagi manbalar qaysi javobda to‘liq o‘z aksini topgan? Xalq og‘zaki ijodi, buyuk adiblar, allomalarning asarlari, arxeo-logik qazilmalar natijasida topilgan ashyolar
«Pedagogiya, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir». Pedagogikaga bu ta’rif kim tomonidan berilgan? Avloniy
“Takrorlash bilimning asosidir”.Ushbu ibora qaysi pedagog olimga tegishli? Ushinskiy
“Buyuk didaktika” asarining mullifi? Komenskiy
Individual, individual-guruhli, sinf-dars, leksiya-seminar va sinfdan tashqri, auditoriyadan tashqari, maktabdan tashqari ta’lim. Bular ta’limning asosiy … Shakllari
“Ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi” tushunchalari didaktikaning qaysi jihatini yoritadi? Ta’lim funktsiyalari
2017-2018 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekistonda majburiy ta’lim necha yil deb belgilandi? 11 yil
“Pedagogika” atamasi ma’nosi nimani anglatadi? Bolani etaklayman
“Donishnoma” asarining muallifi kim? Ibn Sino
Al-Xorazmiy bilishning qaysi usuliga asos soldi? Sinov-kuzatish va sinov usullariga
“Hibat ul-haqoyiq” asarining muallifi kim? Ahmad Yugnakiy
Ta’limni tashkil etishning darsdan tashqari shakllariga qaysi guruhdagilar kiradi? To‘garak, praktikum, seminar, konferensiya, maslahat, fakultativ mashg‘ulot, o‘quv ekskursiyalari, mustaqil uy ishlari
“Men farzand tarbiyasida davlatni boshqarishdan ko‘ra chuqurroq mushohada, undan ham chuqurroq donishmandlik kerakligiga ishonch hosil qildim” – degan ibora muallifi kim?. Amir Temur
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish quyidagi funksiyalarni bajaradi Nazorat qilish, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish
Qadim zamonlardan mavjud bo‘lgan o‘qitishning eng qadimgi shakli – bu: Individual
O‘quvchilarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olib tash-kil etiladigan o‘quv faoliyatini tashkil etish shakli ... deb ataladi. Tabaqalashgan ta’lim
Didaktika – bu ... Ta’lim nazariyasi
Didaktika deb nimaga aytiladi? Didaktika bu o’qitish mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi o’qitish pedagogik nazariyasi,pedagogikaning sohasi
Didaktikaning asosiy kategoriyalari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Dars o’tish, bilim berish, o’qitish, malaka, ko’nikma, shakl, metod, vosita, natijalar
Dars, praktikum, seminar, amaliy mashg‘ulot va konsultatsiyalar – bu: Ta’limni tashkil etish shakllari
DTSni bajarish qanday ta’lim muassasalari uchun majburiydir? O’zbekiston Respublikasidagi barcha ta’lim muassasalari uchun
Jaloliddin Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asari uch qismdan iborat. Uning birinchi qismi qaysi fanga taaluqli? Axloq ilmiga
Jahon ilmida “Muallimi soniy” (“Ikkinchi muallim”) nomiga musharraf bo’lgan donishmand kim ? Abu Nasr Farobiy
Zardushtiylik axloqining asosi - bu ... Ezgu fikr, ezgu kalom, ezgu amal
«Xalqimiz tayanchi - ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o‘zi bir hazina. Bu hazinadan oqilona foydalanish lozim» - iborasi Islom Karimovning qaysi asarida ta’kidlangan? Buyuk maqsad yo‘lidan og‘ishmaylik
Ibtidoiy jamiyat davrida kishilarning mehnat faoliyati uch guruhga bo’lingan. Bular qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Bolalar va o’smirlar, hayot va mehnatda to’la ishtirok etuvchilar, keksalar
Qaysi asarda dehqonlarga nisbatan: “O‘zing bular bilan aralashgin, qo‘shilgin, tilda yaxshi so‘zla, yuzungni ochiq tut”deya ta’rif berilgan Qutadg‘u bilig
Ijtimoiy institutlarga nimalar kiradi? Oila, ta’lim, madaniyat, din, mahalla
Quyidagilardan qaysilari jazolash metodlariga kiradi? Tanbeh berish, uyaltirish, ogohlantirish
Ijtimoiylashuv jarayoni nima? Ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy taraqqiyot asosida belgilangan madaniyat, axloq, bilim, dunyoqarashlarni o’zida mujassamlashtirishdir
Aniqlash va o‘lchash nima deb ataladi? Tekshirish
Imom al-Buxoriy to’plagan hadislar soni qanchani tashkil etadi? 600 ming
“Innovatsiya” tushunchasining mazmunini aniqlang. Yangilanish, o’zgarishni amalga joriy etish, kiritish jarayoni va faoliyati
Inson kamolotida uch narsa- “irsiyat, muhit, tarbiya” muhim rol o’ynaydi degan fikrni ilk bor ilgari surgan olimning nomi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Beruniy
Inson tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi fan bu: Pedagogika
Insonning biologik mohiyatini o’zida aks ettiruvchi tushuncha – bu: Individ
Pedagogik taxlilning mohiyati nimadan iborat? Pedagogik jarayonning rivojlanish yo‘nalishi va sharoitini aniqlash, uni boshqarish xaqidagi takliflarni kiritish
“Salomlashish va ruxsat so‘rash odobi, muloqot odobi, uxlash va yo‘l yurish odobi, suhbatlashish odobi, er-xotin odobi, tozalik qoi-dalari, mehmon kutsh odobi, ziyofat va ovqatlanish odobi, safar qoidalari” kabi qoidalar qaysi asarda bayon etilgan? “Odob as-solihin”
Kaykovusning “Qobusnoma” asari necha bobdan iborat ? 44 bob
Qaysi javobda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan? Shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarish
Qaysi olim o’qitishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish zarurligini ta’kidlaydi? Ibn Sino
Qaysi olimning asarida pedagogika alohida fan maqomiga ega bo’ldi? Yan Amos Komenskiy «Buyuk didaktika»
Qanday ta’lim turlari uchun DTS joriy etiladi? Umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-xunar, oliy ta’lim
Quyidagilardan qaysi biri maktabda o’z-o’zini boshqarishning yuqori organi hisoblanadi? Maktab jamoasining konferentsiyasi
Quyidagilardan qaysi biri pedagogikaning asosiy tushunchalari (kategoriyalari) hisoblanadi? Tarbiya, ta’lim, ma’lumot
Ko’nikma va malakalarni shakllantirishda asosiy sanaluvchi metod – bu: Mashq
I.G.Pestolotssining didaktikaga qo‘shgan hissasi qanday? Boshlang‘ich ta’lim metodikasining asosini yaratdi
O‘qitish jarayoni nima? Bu ikki yoqlama boshqariladigan maqsadga muvofiq pedagogik jarayon
Pedagogikaning obyekti – bu... Bola, inson
Malaka – bu: Ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan, bexato bajariladigan harakati
O‘quv jarayonining umumiy maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini belgilovchi boshlang‘ich qoidalar – bu.... . Ta’lim tamoyillari
Internet va boshqa telekommunikatsion aloqa kanallari yordamida uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikatsion xolatda bir biri bilan bog‘lab ta’lim olish yuli – bu… . Video va audio konferensiyalar
Movarounnaxrda davlat arboblaridan kim XV asrda maktablar islohotini o’tkazdi? Ulug’bek
Ta’lim mazmunini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni belgilang. DTS, o‘quv rejasi, o‘quv dasturi, darslik
Oila tarbiyasining asosiy yo’nalishlari – bu: Aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi hisoblanadi
Oliy ta’lim qanday bosqichlardan iborat? Bakalavriat va magistratura
Pedagogik olamiga savol-javob evristik suhbat metodini olib kirgan faylasuf olim kim? Suqrot
Pedagogik tajriba tashkil etilish sharoitiga ko’ra qanday guruhlarga bo’linadi? Tabiiy tajriba, laboratoriya tajribasi, tajriba ishi
Pedagogika tarixi qanday fan? Ijtimoiy
Pedagogika fani Kontseptsiyasining asosiy mazmun–mohiyati nimadan iborat? Pedagogika fanining rivojlanish istiqbollarini belgilashdan
Pedagogika fani oldida turgan vazifalardan biri – Hamkorlik pedagogikasi va milliy pedagogika asoslarini yaratish
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot usullariga nimalar kiradi? Kuzatish usuli, suhbat usuli,bolalar ijodini o’rganish usuli, test o’rovnomalar usuli, eksperiment-tajriba usuli, statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli, matematika va kibernetika usullari
Pedagogika fanlari tizimi qaysi javobda to‘g‘ri ko’rsatilgan? Umumiy pedagogika, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, korrektsion (maxsus) pedagogika
Pedagogikaning bosh masalasi Tarbiya
Maktabda metodik ishlarning asosiy shakllari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Metodbirlashmalar, metodik kengash, metodik operativ yordam, metod kabinet, ilg‘or tajriba maktabi, individual metodik ish, ochiq darslar
Ma’muriy va jamoatchilik boshqaruvi rahbarlarining faoliyatini jamoa manfaatiga qaratib, kasb malakasi darajasida qarorlarni qabul qilishga sharoit yaratadigan boshqarish tamoyilini ko‘rsating. Boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlari-ning ratsional uyg‘unligi tamoyili
Sinf-dars tizimini birinchi bo’lib kim yaratgan? Yan Amos Komenskiy
Darsda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? Ommaviy, guruhli, individual
Tarbiya turlari qaysi variantda to’g’ri ko’rsatilgan? Aqliy, jismoniy, ahloqiy, mehnat, nafosat, ekologik, etik, iqtisodiy, huquqiy
Kim pedagogika tarixida ta’lim – tarbiyaga birinchi bo’lib ta’rif bergan? Forobiy
“Turkiy guliston yoxud axloq” asarining muallifi kim? AbdullaAvloniy
Ta’lim nazariyasi nimani o’rganadi? Ta’lim jarayonlarini, ta’lim mazmunini, ta’lim metodlari, shakllari va vositalari o’z ichiga oladi
Ta’limning ko‘rgazmali metodlarini ko‘rsating. Demonstratsiya, illyustartsiya
Ta’lim funktsiyalari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan? Bilim berish,tarbiyalash,rivojlantirish
Ta’limning amaliy metodlariga nimalar kirishini aniqlang. Mashq qilish, laboratoriya va amaliy ishlar
Pedagogikaning qaysi sohasi shaxsi va faoliyatida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan shug‘ullanadi? Korrektsion pedagogika
Ta’limning qanday turlari uchun Davlat talablari (DT) joriy etiladi? Maktabgacha, maktabdan tashqari, oliy o’quv yurtidan keyingi, malaka oshirish va qayta tayyorlash
Ta’limning quyidagi metodlaridan qaysi biri ko’rsatmalilik metodining asosiy tarkibini tashkil etadi? Namoyish etish, tasvirlash, ekskursiya
Ta’limning og’zaki metodlariga nimalar kirishini ko’rsating. Hikoya, tushuntirish, suhbat, ma’ruza
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi modallarida oila haqida fikr bayon etiltan. 63, 64, 65, 66 moddalar
O’zbekistonda mustaqillik e’lon qilingandan so’ng dastlabki “Ta’lim to’g’risida”gi qonun qachon qabul qilingan? 1992-yil
O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat olib borishi qay tarzda ta’minlanadi? Kadrlar tayyorlash milliy modelini amalga oshirish jarayonida
O’qituvchining suhbati ta’limning qaysi metodiga kiritiladi? Og’zaki
O’quv dasturida nimalar ko’rsatilgan? Har bir o’quv predmetining (fanining) mazmuni, o’quv yillari bo’yicha programma materiallarining (fanining) mazmuni va mavzularining tahminiy soatlari
O’quvchi faoliyatining asosiy turi qaysi javobda to’g’ri berilgan? O’yin, o’qish
O’quvchilarga bilimni tartibli bayon qilish jarayoni pedagogika fanida qanday nomlanadi? Ta’lim
O’quvchilarni mehnatga layoqatli va mehnatsevar qilib tarbiyalashda ko’proq nimalarga e’tibor bermoq lozim? Mehnatda mashq qildirishga
Kommunikativ qobiliyatni shakllantiruvchi asosiy yo’nalishlarni belgilang? Ishontirish, ta’sir etish, taqlid qilish
O’quvchilarning o’quv tafakkurini shakllantirish nechta darajadan iborat? 5 daraja
O’quvchining iste’dod va qobiliyatining rivojlanishi nimalarga bog’liq? Faoliyatning turlariga, aloqa va muloqotga, ta’lim-tarbiyaning pedagogik jihatdan muvofiqligiga
Hadis ilmida “Sahih” yo’nalishining asoschisi kim? Imom al-Buxoriy
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar nechta? 3ta
Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni ko’rsating. Irsiyat, muhit, tarbiya
Shaxsning rivojlanishi deganda nima tushuniladi? Ijtimoiy tirik mavjudot sifatida insonning butun hayoti davomida bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlari
Ekologik tarbiyaning asosiy maqsadi va vazifalariga nimalar kiradi? Tevarak atrofdagi tabiiy muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lishga o’rgatish, tabiatga, insonga, hayvonlarga muhabbatni tarbiyalash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi asosiy tushunchalarni bilish
Estetik tarbiyaning asosiy vazifalarini ko’rsating: Estetik ehtiyojlarni tarbiyalash, idrokni va his-tuyg’uni, estetik tushuncha, did, baholash va fikrlash, badiiy va musiqiy qobilyatlarni rivojlantirish
Ya.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asari nechanchi yilda yozilgan? 1632-yil
Yangi usul maktablari uchun birinchi bo’lib “Ustodi avval” alifbosini kim yaratgan? Said Rasul Said Azizov
Pedagogik vaziyatning faoliyatini mohirlik bilan boshqarish – bu: Pedagogik mahoratdir
“Avesto”da bolalarni o‘qitish va tarbiyalash qoidalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang? Diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o‘qish va yozishga o‘rgatish.
“Tarbiya bizlar uchun yo hayot- yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”. Yuqoridagi fikrlar kimning fikrlari? Abdulla Avloniy
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida qachon qabul qilingan? 1997 yil 29 avgust
“Ustoz shogirdlariga katta zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchanlik ham qilmasligi lozim”. Ushbu fikr qaysi allomaga tegishli? Abu Nasr Forobiy
«Inson kamolotida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o‘ynaydi» degan fikrlar muallifi kim? Beruniy
Nutq texnikasi bo‘yicha ishlab chiqilgan mashqlar turkumiga quyidagilar kiradi: Nafas olish, ovoz o‘zgarishi, ravon nutq
Alisher Navoiyning qaysi asarida ustoz-murabbiy haqida noyob fikrlar bayon etilgan? “Mahbub ul-qulub”
Antik davr mutafakkirlaridan kimlar pedagogning kasb mahorati va notiqlik san'ati haqida fikr bildirgan? Sokrat, Platon, Demosfen.
Bilim deganda nima tushuniladi? Tasavvurlar, tushunchalar va ma’lumotlar
Boshqa odamlarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik bildirish qobiliyatning qaysi turiga kiradi? Empatik
O‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullarsh nima deb ataladi? Ta’lim metodlari
Dastlab texnologiya tushunchasi fanga nechanchi yilda kirib kelgan ? 1900 yilda
Yosh o‘qituvchi o‘zining ish faoliyatida qanday psixologik to‘siqqa duch keladi? Ijtimoiy, sinfdan qo‘rqish, o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida oraliqning hosil bo‘lishi
Jismoniy tarbiyani rivojlantirish haqida birinchi bo‘lib fikr yuritgan olim ? Ibn Sino
U yo‘q joyda mehnat unumi ham past bo‘ladi, asablar tez charchaydi, sog‘likka putur etadi bu...? O‘qituvchining kun tartibi
O‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini, qosh, ko‘z va yuz muskullarining harakati bilan bayon qilish san’ati... bu? O‘qituvchining mimikasi
... ta’lim – jismoniy, intellektual, ijtimoiy, hissiy, lisoniy va boshqa xususiyatlaridan qat'i nazar, har bir insonga umumta’lim muassaslarida o'qish imkoniyatini beradigan ta'lim shakli. To‘g‘risini toping. Inklyuziv
Komenskiy grammatik, fizik, matematik, etik, dialektik, ritorik degan olti xil nom bilan nimani atadi? Lotin maktabining sinflarini
Ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy vositani belgilang? O’quvchining nazariy hamda amaliy faoliyatida erishadigan yutuqlari va ijobiy natijalari
Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganishning asosiy bosqichlarini aniqlang? Tajriba o‘rganishning maqsadi va vazifasini tuzish, dolzarb mavzuni aniqlash, maktab amaliyoti va pedagogik fanning dolzarb masalalarini hal etishda usta-o‘qituvchining erishgan yutuqlarini aniqlash, materiallarni to‘plash, tahlil, muomala, xulosa
Husnixatga doir dastlabki kitobni kim yozgan? Munis Xorazmiy - “Savodi ta’lim”
Turkistonda XIX asrning 2-yarmida mavjud bo`lgan madrasalarda ta`lim necha bosqichda bo`lgan? 3 bosqich
Ushinskiyning pedagogik nazariyasidagi eng asosiy g‘oya nima? Tarbiyaning xalqchilligi
Turkiy qavmlarning urf-odatlari, an’analari, odob-axloqlari hamda ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar mavjud asarni toping. “Devonu lug‘atit turk”
Toshkentda dastlabki rus maktabi qachon ochilgan? 1886-yilda
Maktab sizni inson qilur, maktab hayot ehson qilur, maktab g`ami vayron qilur, hayrat qilib o`qing o`g’lon. Ushbu she`rining muallifi kim? Avloniy
Arablar ulkan hududda halifalik davlatini barpo etish natijasida qaysi fanni taraqqiy etishga o`z xissalarini qo`shgan? Geografiya
Arifmetik 4 amalni(,okbi, qo’shish, ayirish, ko‘payti rish) o‘ylab topgan antropologik tipni aniqlang. Sinantroplar
Nechanchi asrda madrasalar tuzila boshlangan? X arsda
Islom dini ta`limotida “Qur`oni Karimdan” keying asosiy manbaa nima hisoblanadi? Hadis
“Ash-Shamoil an-Nabaviya” asarining muallifi kim? Termiziy
So`fiylik inson ma`naviy-ruhiy komilikka erishish yo`lida quyidagi to`rt bosqich o`tishi kerak deb hisoblashgan. Bular… Shariat, tariqot, ma`rifat, haqiqat
O‘rta Osiyoda musulmon maktablari tizimi qaysi tarixiy davrda vujudga keldi, VII-XII asrlarda
Pedagogning kommunikativ madaniyati nima? Pedagogning kishilar bilan qisqa muddatda muloqot o'rnata olishi, ular bilan muloqot o'rnatishga bo'lgan domiy intilishi
Pedagogik muloqot nima? Ta'lim oluvchilarning maqsadlari hamda ularning birgalikdagi faoliyatlari mazmunidan kelib chiqadigan o'zaro aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish
O‘qituvchi tomonidan bo‘lajak darsni samarali tashkil etilishining turli variantlarini tanlab olib baholash va qabul qilingan mezonlarga muvofiq darsni tashkil etishning eng ma’qul variantini tanlab olish nima deb ataladi? Bashoratlash
Tarbiyalanuvchilarni ma’lum bir maqsadga muvofiq tarbiyalash uchun mo‘ljalga olish san’ati nima deb ataladi? O’qituvchinng tarbiyachilik mahorati
Ayrim so‘z bo‘g‘inlarining aytilish muddati va to‘xtalishi gapirishdagi to‘liq davomiylik, nutq va ifodalarning navbat bilan o‘z o‘rnida ishlatilishi nima deb ataladi? Ritmika
O‘qituvchi ongida hosil bo‘ladigan, hali amalga oshmagan til elementlaridan tashkil topgan, kishining og‘iz ochmasdan fikrlashi, mulohaza yuritishi, o‘ylashi nima deb ataladi? Ichki nutq
Tildagi mavjud ifoda vositalaridan foydalangan holda reallikka aylangan fikr nima deb ataladi? Nutq
Gaplar o‘rtasida fikriy bog‘lanish, izchillik yo‘qolishi oqituvchi nutqida qanday kamchikini keltirib chiqaradi? Nutqning mantiqiyligi
Ikki tomonlama bir-biriga ta’sir etish nima deb ataladi? Interaktiv
O‘qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo‘lajak muloqotni modellashtirish muloqot tuzilishining qaysi bosqichiga tegishli? Prognostik
Mazmunan o‘qituvchining nutqida, ma’ruzasida, dialog, monolog va deklamatsiyalarida o‘z ifodasini topadigan ta’lim vositasi nima deb ataladi? So’z
O’qituvchining vaziyatni va o‘quvchilar xatti-harakatini chuqur idrok qilib tez va haqqoniy baholashi nima deb ataladi? Pedagogik improvizatsiya
O’qituvchining pedagogik faoliyatning turli shakllaridan, sinf jamoasining shakllanib ulgurgan darajasidan, muloqotni boshqarish tamoyillaridan kelib chiqadigan vazifasini belgilang Kommunikativ vazifa
Mazkur jarayon o‘qituvchi pedagogik faoliyati jarayonida nazariy va amaliy tajribalar asosida, o‘z – o‘zini kasbiy jihatdan nazorat qilib borishini nazarda tutadi. Bu yerda gap reflektsiyaning qaysi ko’rinishi haqida bormoqda? O’z-o’zini nazorat qilish
Mazkur jarayon o‘qituvchining o‘z faoliyati va unda o‘ziga nisbatan «metapozitsiya» (noaniq pozitsiyada)da turib, o‘ziga tashqaridan qarash, o‘zini kuzatish malakasini ko‘zda tutadi. Bu yerda gap reflektsiyaning qaysi ko’rinishi haqida bormoqda? O’z-o’zini anglash
O’qituvchi perseptiv qobiliyatlariga nimalar kiradi? Diqqat, kuzatuvchanlik, xayol
O’qituvchi-tarbiyachining pedagogik metod, usul va vositalarni rejali va kutilgan iatijalarga erishishga imkon beradigan, shaxsga va jamoaga aniq tasir ko‘rsatadigan jihatlarini tanlash tizimi nima deyiladi? Texnologik tizim
Nutqning mazmundorligini, ma’noli ekanligini bildirib, nutq oqimidagi so‘zlarning o‘zgarishi, mazmunan bir-biriga birikishini ifodalovchi xilma-xil qoidalar yig‘indisi bu …? Grammatik norma
Milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi ma’naviy madaniyatini shakllantirishda muhim omil nima? Ijodkorlik
O‘qituvchining o‘z fanini va boshqa fanlarni chuqur bilishi, o‘zlashtirishi va amaliyotda namoyon etishi bu… O’qituvchining bilish qobiliyati
O‘qituvchining o‘quv–tarbiyaviy faoliyatni puxta rejalashtirishi asosida yuzaga keladigan kasbiy pedagogik vaziyat bosqichlarini oldindan ko‘ra olishi pedagogik qobiliyatning qaysi turiga kiradi? Konstruktiv qobiliyat
BMTning ta’lim, fan va madaniyat masalalri bilan shug‘ullanuvchi tashkilot nomini ko‘rsating. YUNESKO
O‘qituvchi mehnatiga ta’sir qiluvchi hamda ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lgan muhim yo‘nalishlaridan biri ... O‘qituvchining obyektiv – shaxsiy xususiyatlaridir.
O‘qituvchilar o‘quvchilar bilan dars jarayonida qanday munosabatda bo‘lishi kerak? O‘qituvchi va o‘quvchi orasida hamkorlik va ishonch
Nutqning toza bo‘lishiga xalaqit beruvchi unsurlarni belgilang? Dialektizm va varvarizm
Notiqlik san’ati tarixiga bag‘ishlangan “Brut”, “Notiqlik san’ati namoyondalari”, “Notiq”, “Notiqlik haqida” kabi asarlar muallifi kim? Sitseron
“Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin” mazkur fikr muallifi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan A.S. Makarenko
So‘z va nutq yordamida psixologik ta’sir ko‘rsatish – bu... Verbal ta’sir.
So’zlarning aniq talaffuz qilinishi nima deyiladi? Diksiya
O‘quvchilarga doimo tarbiyaviy ta’sir etuvchi ota-onalar, tarbiyachilar, sinf jamoasi qanday nomlanadi? O‘qituvchi faoliyatining subyektlari.
O‘z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini, qosh, ko‘z va yuz muskullarining harakati bilan bayon qilish san’ati nima deb ataladi? O‘qituvchining mimikasi.
O‘qituvchining ijodiy mehnati jarayonida erishiladigan natijalarining rivojlanish bosqichlarini belgilang? Iqtidor, iste’dod, daholik.
Pedagogikada dilkash insonlar sifatida e’tirof etiladigan o‘qituvchilarni belgilang? Ekstravert tipdagi shaxslar.
O‘qituvchining pedagogik nazokatga erishish yo‘llari? O‘zini tuta bilishi, sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan.
“Mudarrislarning barcha qobiliyatlaridan eng yaxshisi nutq qobiliyatidir” so‘zlari qaysi alloma asarida berilgan? Kaykovus “Qobusnoma”.
Shaxsning bilimlar tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, hatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o‘zgartirish nima? Ishontirish
Individual pedagogik texnikani shakllantirishda nimalar e’tiborga olinadi? O‘qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik va fiziologik xususiyatlari
«Interfaol» so‘zining lug‘aviy ma’nosi….. O‘zaro birgalikdagi harakat
“Relaksatsiya” qanday holat? Jismonan va ruhan bo’shashish, butunlay osoyishtalik
Kommunikativ munosabatda ishontirishning faoliyat shakllariga nimalar kiradi? Bahs, munozara, suhbatda o’qituvchining dalillashi, isbot va mantiqqa tayanish
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish quyidagi funksiyalarni bajaradi: Nazorat qilish, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish
YAngi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’ekt – bu ... . Ta’lim vositalari
Shaxs kreativligining tarkibiy tuzilishi bu Intuisiya, refleksiya, bilim,ko‘nikma, malakalar
O’qituvchining ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari qaysilar? Rejalashtirish, tashkil etish, o’quv harakatlari, natijalarni baholash va tahlil qilish
Ta’lim va tarbiya jarayonida pedagogik ta’sir ko’rsatishning asosiy usullari? Talab; istiqbol; rag’batlantirish va jazolash; jamoatchilik fikri
Pedagogik nizoning asosiy turlarini aniqlang Ichki, shaxsiy, shahslararo, guruhlararo, shaxsiy-guruhli
Biror faoliyatning muvafaqqiyatli, mustaqil va mukammal bajarilishini ta’minlaydigan noyob qobiliyatlar birikmasi bu...? Mahoratdir
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlariga nimalar kiradi? Nutq malakalari, mimika va pantomimika, hissiy psixik holat
Qaysi dars turida o‘quvchilarning amaliy ishlariga alohida e’tibor qaratiladi? Malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish darsida
Darsga qo‘yiladigan ................... talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish kabilar kiradi. To‘g‘ri javobni toping. Didaktik
O‘quvchilarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini xisobga olib tashkil etiladigan o‘quv faoliyatini tashkil etish shakli ................ deb ataladi. Tabaqalashgan ta’lim
Berilgan javoblardan qaysi biri o’qituvchining avtoritar usulida sinf jamoasini boshqaruviga tegishli? O’qituvchi yakka holda guruh faoliyatini belgilaydi, o’quvchilarning so’zsiz bo’ysunishini da’vo qiladi
Bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonu-niyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo‘lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot – bu ... . Gnoseologiya
Inson qobiliyatini intellektlar to’plami deb, uning ettita sifatini ajratib ko’rsatgan psixolog olim kim? Govard Gardner
Joriy, oraliq, yakuniy – bu o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish... hisoblanadi. Turlari
Ommaviy, o‘z-o‘zini nazorat qilish, individual, aralash, guruhli – bu o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish... xisoblanadi. Shakllari
“Refleksiya o’z-o’zini tahlil qilish bo’lib, o’z-o’zicha belgilangan maqsadga erishish emas, balki bilim olish, tajriba orttirish usuli, ijodga, kasbiy jihatdan takomillashishga nisbatan rag’batlantirishdir”. Refleksiyaga ushbu ta’rif qaysi olim tomonidan berilgan? Ya.S.Turbovskiy
Individual pedagogik texnikani shakllantirishda nimalar e’tiborga olinadi? O’qituvchining yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, salomatligi, anatomik va fiziologik xususiyatlari.
Juvonmardlik yo‘lini tanlagan yoshlarga quyidagilarni, ya’ni: “Ko‘zni yomon narsadan, qo‘lni yomon ishdan, tilni yomon so‘zdan saqlashni” tavsiya etgan alloma . . . Kaykovus
Kasbiy bilimlar mukammal bo’lishi uchun nimalar talab etiladi? Fanning metodologiyasini bilish, nazariy bilimlar, metodik bilimlar, ta’limning texnologik tomonini o’rganish.
Pedagogik nazokatda takt so’zi qanday ma’noni bildiradi? Demokratik talablar asosida o’quvchilarga pedagogik ta’sir o’tkazish
Pedagogik faoliyatda mehnat malakasi deb nimaga aytiladi? Egallagan bilimlarini o’zlarining hayotiy va amaliy faoliyatlarida qo’llay bilishi.
O’qituvchi o’quvchilar bilan muloqot jarayonida paydo bo’ladigan turli ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etishi uchun...? Avvalo o’z iqtidoriga, pedagogik va psixologik mahoratiga tayanishi lozim.
Quyidagilar orasidan pedagogik mahoratni shakllantirishni ta’minlovchi omillarga kirmaydiganini aniqlang. Mimik va pantomimik harakatlar, samimiylik, muomala odobi
Pedagogik mahoratda notiqlik texnikasiga nimalar kiradi? Nafas olish, tovush, diksiya, tembr, ritmika, diapazon
O’qituvchi mehnatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etish vositalarini belgilang? Mehnat faoliyatini to’g’ri rejalashtirish, o’z mehnatini muntazam boshqarish va nazorat qilish; o’z – o’zini nazorat qilish (refleksiya)
Last changed18 days ago